YeIda 2035 yilgacha benzinda yuradigan avtomobillarni sotish taqiqlanadi — Yevrokomissiya

Olam

image
Germaniyadagi toshqin: qurbonlar soni soat sayin ortmoqda  north_east

Germaniyadagi toshqin: qurbonlar soni soat sayin ortmoqda 

Yevropa Komissiyasi joriy yilning 14 iyul kuni iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni taqdim etdi. Uning maqsadi 2030 yilga kelib Yevropa Ittifoqida CO2 emissiyasini 1990 yilga nisbatan kamida 55 foizga kamaytirishdir.  

Dastur Yevropa kompaniyalari va uy xo‘jaliklari tomonidan toza texnologiyalar, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalari va elektr transport vositalaridan ko‘proq foydalanishni nazarda tutadi. Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Yevropa iqtisodiyotining barcha segmentlari, shu jumladan elektr energiyasi ishlab chiqarish, avtomobilsozlik va turar-joy sohalari, shuningdek, kemada yuk tashish, aviatsiya va qishloq xo‘jaligi sohalarida chiqindilarni kamaytirishga qaratilgan. 

Islohotning muhim bandlaridan biri transchegaraviy uglerodni boshqarish mexanizmini joriy etishdir. U Yevropa Ittifoqi tomonidan olib kiriladigan tovarlarga soliqni ularning uglerod iziga qarab yig‘ishni nazarda tutadi. 2023 yilda boshlanadigan transchegaraviy uglerodni boshqarishning birinchi uch yillik bosqichi doirasida po‘lat, sement, o‘g‘itlar va alyuminiy importi uchun soliqlar olinadi. 

Bunday mexanizmni joriy qilish orqali Yevrokomissiya o‘z ishlab chiqaruvchilarini himoya qilishga intiladi, chunki Yevropa Ittifoqida iqlimni tartibga solishni kuchaytirish ularning xarajatlarini oshiradi va raqobatbardosh pozitsiyasini tartibga solinmagan mamlakatlar ishlab chiqaruvchilariga nisbatan yomonlashtiradi. 

Bundan tashqari, Yevrokomissiyaga ko‘ra, ushbu mexanizm Yevropa Ittifoqi tashqarisidagi chiqindilarni kamaytirishga yordam berishi kerak. 

Yevrokomissiya iqlim dasturining yana bir ustun jihati — mavjud CO2 savdo tizimini yangi sanoat tarmoqlarini o‘z ichiga olgan holda kengaytirish, bu esa dekarbonizatsiya sur’atini tezlashtirishi kerak. Masalan, Bryussel avtomobilsozlik sohasi va binolarni isitish uchun emissiya kvotalarini joriy qilmoqchi. 

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi kelasi 15 yil ichida yangi avtomobillar uchun emissiya standartlarini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi. 2035 yilgacha dizel va benzinda yuradigan yangi avtomobillarni sotish taqiqlanadi. 

Shuningdek, quvvat oluvchi stansiyalarning mavjudligini yaxshilash va iste’molchilarni elektr transport vositalariga o‘tishni rag‘batlantirish bo‘yicha qoidalar kiritiladi. 

Atrof-muhitni ifloslantirgani uchun aviatsiya va transport sohalari ham jazolanadi — islohot ushbu sohalar uchun tegishli soliq solishni taklif qiladi. 

“Financial Times”ga ko‘ra, Yevrokomissiya takliflari Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan, ammo Yevropa davlatlari Hukumatlari va Yevropa Parlamenti yangi iqlim dasturi tafsilotlarini hozircha ishlab chiqmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Germaniyada 12 iyul kuni yog‘gan kuchli yomg‘irdan so‘ng toshqin yuz berdi. Hozirda falokat oqibatlari o‘rganilmoqda. Halok bo‘lganlar soni 133 kishiga yetgan. Ushbu ofatga ham iqlim o‘zgarishi sabab qilib ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

EI Evrokomissiya

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing