YeI Jo‘lon tepaligi bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi BMT rezolyutsiyasiga muvofiq ravishda Jo‘lon tepaligining kimga tegishli ekani bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, YeI o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmagan.

“Yevropa Ittifoqi xalqaro me’yorlarga to‘la amal qiladi va 1967 yilda okkupatsiya qilingan hududlarning Isroilga tegishli ekanini tan olmaydi”, deyiladi xabarda.

Shu o‘rinda, Suriya hukumati Amerikaning pozitsiyasidan qat’iy nazar Jo‘lon tepaligini o‘z nazoratiga qaytarish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.

Avvalroq, 21 mart kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Jo‘lon tepaligi Isroil hududi ekanini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tepalik yahudiy davlatining tinchligi va barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega.

Ma’lumot o‘rnida, 1944 yildan Suriya nazoratida bo‘lgan Jo‘lon tepaligi 1967 yildagi Olti kunlik urush natijasida Isroil tomonidan bosib olingan. 1981 yilda Isroil Parlamenti Jo‘lon tepaligini mamlakatning hududi deb e’lon qildi. BMT Xavfsizlik Kengashi Isroil anneksiyasini tan olmagan, rasmiy Damashq hamon tepalikni o‘z hududi deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Jo'lon tepaligi Isroil-Suriya

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing