YeI yadroviy kelishuvni buzgani uchun Eronga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi
Olam
−
18 Oktabr 2023
3325Yevropa Ittifoqi yadroviy kelishuvni buzgani uchun Eronga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishga qaror qildi. Bu haqda DPA xabar berdi.
Sanksiyalarning uzaytirilishi Yevropa Ittifoqining mamlakat yadroviy va raketa dasturlariga aloqador Eron jismoniy va yuridik shaxslarini jazolashda davom etishini anglatadi.
Bundan tashqari, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga qarshi sanksiyalar hamda qurol va raketalarni sotishga qo‘yilgan taqiqlar uzaytirilmoqda.
Yevropa Ittifoqi bayonotida qayd etilishicha, bu qaror Tehronning 7 oktyabr kuni Isroilga hujum qilgan HAMASni qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Bayrutga tashrifi chog‘ida “Hizbulloh” yetakchisi Shayx Hasan Nasrulloh bilan uchrashgandi. Shuningdek, u oldinroq Eron Isroil harakatlari tufayli yangi front ochishi mumkinligini qayd etgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektoriga elektr va suv yetkazib berishni to‘xtatish urush jinoyati hisoblanadi va ikkinchi front ochilishi ehtimoli saqlanib qolmoqda.
Keyinroq Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi agar Tel-Aviv Eron hududiga hujum qilmasa, Eron Qurolli kuchlari jangovar harakatlarga kirishmasligini bildirgandi.
LiveBarchasi