YeI vazirlari Kiyevga harbiy yordam jo‘natishga kelisha olmadi

Olam

image

YeI Tashqi ishlar vazirlari Kiyevga Yevropa tinchlik jamg‘armasidan 500 million yevro miqdoridagi harbiy yordamning sakkizinchi transhini ajratish bo‘yicha kelisha olmadi. Bu haqda bugun, 26 iyun kuni Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel YeI yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Yordamning sakkizinchi transhi hali kelishib olinmagan, biroq men uning ma’qullanishiga erishish uchun barcha ishtirokchilar bilan ishlayman”, degan Borrel. 

Shuningdek, u aynan Vengriya Yevropa tinchlik jamg‘armasidan Ukrainaga 500 million yevrolik harbiy yordam ajratilishiga to‘sqinlik qilishda davom etayotganini yashirmagan. Budapesht Vengriyaning eng yirik banki OTP Ukrainaning "xalqaro urush homiylari" ro‘yxatidan chiqarilmaguncha rozi bo‘lishdan bosh tortmoqda.

Shu bilan birga Tashqi ishlar vazirlari Lyuksemburgda Yevropa tinchlik jamg‘armasi hajmini 3,5 milliard yevroga oshirishni ma’qullagan, bu mablag‘dan Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qurol yetkazib berish uchun pul ajratadi. Jamg‘arma hozirda 12 milliard yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Kiev harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing