YeI va Ukraina o‘rtasida keskinlik kuchaymoqda – OAV
Olam
−
01 may 3873 1 daqiqa
Ukraina rasmiylari mamlakatni Yevropa Ittifoqiga tezroq qabul qilishni qat’iy talab qilmoqda. Bu esa Yevropa davlatlari bilan munosabatlarni sovitib, ularda tushunmovchilik keltirib chiqarmoqda. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, Ukraina rasmiylari AQSH va Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralarda integratsiyani tezlashtirishni talab qilmoqda hamda Yevrokomissiyani kengayish siyosati uchun tanqid qilmoqda. Ularning fikricha, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qanchalik muhtoj bo‘lsa, Kiyev ham ittifoqqa shunchalik qo‘shilishni istaydi.
Yevropalik amaldorlar esa bunday ritorika muzokaralarni murakkablashtirayotgani va mavjud tartib-qoidalarga zid ekanini ta’kidlamoqda. Ularning qayd etishicha, kengayish jarayoni aniq mezonlarga asoslanadi va uni faqat siyosiy qaror bilan tezlashtirib bo‘lmaydi.
“Bu a’zolik sizga sovg‘a emas. Balki Kiyevda bu borada noto‘g‘ri tushuncha shakllangan bo‘lishi mumkin”, degan nashr suhbatdoshlaridan biri.
Yana bir manba Ukraina vakillari ko‘pincha yevropaliklarga “siz bizdan qarzdorsiz” degan mazmunda gapirishini aytgan.
Uchinchi manbaning ta’kidlashicha, Vladimir Zelenskiy va uning jamoasi Yevropa Ittifoqining kengayish mexanizmini to‘liq tushunmagan.
FT ma’lumotiga ko‘ra, Zelenskiy diplomatlariga Yevropa Ittifoqi vakillari bilan uchrashuvlarda muqobil integratsiya variantlarini ko‘rib chiqmaslikni, faqat to‘liq a’zolik masalasini muhokama qilishni topshirgan.
Live
Barchasi