YeI O‘zbekiston kompaniyalariga ham sanksiya qo‘llamoqchi

Jamiyat

image

Yevropa Ittifoqi(YeI) 30 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Singapur va Rossiyaning bir qancha injiniring kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqchi. Bu haqda “Bloomberg" xabar berdi.

Unga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi tomonidan e’lon qilinadigan 12-sanksiyalar paketi doirasidagi yangi cheklovlar Rossiyaga dastgohlar, kimyoviy moddalar, litiy batareyalar, termostatlar, dvigatellar va dronlar uchun ehtiyot qismlarni eksport qilishni taqiqlaydi.

Shuningdek, suyultirilgan propan, cho‘yan va shpigel (oyna cho‘yan), mis va alyuminiy simlar, folga va quvurlar importi ham cheklanadi.

"YeI Rossiya Ukrainani nishonga olayotgan qurollarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan dastgohlar va mexanizmlar eksportini taqiqlashni taklif qildi. Yangi sanksiyalar paketining asosiy o‘qi Kremlning YeI sanksiyalarini chetlab o‘tish va o‘zining urush mashinasini oziqlantirish, shuningdek, Moskvaning daromad manbalarini qisqartirish qobiliyatini yanada kuchaytirayotgan kompaniyalarga qaratiladi. Shuni hisobga olib ittifoq Rossiya biznesi uchun 5,3 mlrd dollarga tushadigan yangi sanksiyalar kiritmoqda", deyiladi xabarda.

Avvalroq Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrell chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda yangi paket loyihasi Yevrokomissiya tomonidan kelishilishi, shundan so‘ng u Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan tasdiqlanishini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq YeI yangi sanksiyalar paketi orqali Rossiyani olmos savdosidan tushadigan daromaddan mahrum qilmoqchi ekani haqida yozgandik.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Evropa Ittifoqi sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing