YeI Ukrainaning 20 mlrd yevrolik xarajatlarini qoplab bermoqchi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Ukraina armiyasini kelgusi to‘rt yilda qo‘llab-quvvatlash maqsadida 20 milliard yevrogacha mablag‘ bilan ta’minlashi mumkin. Bu haqda “Politico” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur taklif Ittifoqning Ukraina uchun qurollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishga pul berishini nazarda tutmaydi. Buning o‘rniga Bryussel Ukrainaga o‘q-dori, raketa va tanklarni yetkazib berish yoki sovg‘a qilish xarajatlarini qoplab beradi. Shuningdek, ukrainalik askarlarni tayyorlash uchun mamlakatlarga pul to‘laydi.

Bunday miqdordagi yordam Ittifoq uchun juda katta majburiyat bo‘lib, bu o‘tgan yili Ukraina uchun ajratilgan 4 milliard yevrolik yordamdan qariyb besh baravar ko‘p degani.

Harbiy yordam bo‘yicha mazkur taklif 17 iyul kuni Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. Taklif ertaga, 20 iyul kuni ko‘rib chiqilishi kutilmoqda. Yordam rejasi shu yil kuzga qadar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari Kiyevga Yevropa tinchlik jamg‘armasidan 500 million yevro miqdoridagi harbiy yordamning sakkizinchi transhini ajratish bo‘yicha kelisha olmagandi. Shuningdek, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun yangi mablag‘larini ajratishiga qarshi chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina Harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing