YeI Ukrainaga “tinchlikparvar kuchlar” yuborishni muhokama qilmayapti – Kallas

Olam

image

Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga “tinchlikparvar kuchlar” yuborish masalasini muhokama qilmayapti. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiya rahbari Kaya Kallas Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi oldidan ma’lum qildi.

"Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish uchun u yerda tinchlik bo‘lishi kerak. Ammo, agar siz Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Taker Karlson bilan suhbatini kuzatgan bo‘lsangiz, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya o‘z maqsadlaridan chekinmasligini aytadi. Shuning uchun biz buni muhokama qila olmaymiz", dedi Kallas.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida esa Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok o‘t ochishni to‘xtagan taqdirda nemis tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni istisno etmagandi. Biroq Germaniya kansleri Olaf Shols Bundestag deputatlarining savollariga javoban Ukrainaga nemis qo‘shinlarini yuborishga qarshi ekanini ma’lum qildi. “The Wall Street Journal” esa manbalariga tayanib, AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatgandan so‘ng kelishuvlarga rioya etilishini nazorat qilish uchun uning hududiga “Yevropa kuchlari” joylashtirilishi kerak, deb hisoblashini yozdi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ukraina Kaya Kallas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing