YeI Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yagona missiyani tuzmoqda
Olam
−
30 avgust 2022
5992Yevropa Ittifoqi (YeI) mamlakatlari mudofaa vazirlari Ukraina armiyasini tayyorlash uchun YeIning yagona harbiy yordam missiyasini yaratish ustida ish boshlashga kelishib oldilar. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Pragada Yevropa Ittifoqi Mudofaa vazirlarining norasmiy yig‘ilishi yakunida jurnalistlar ga ma’lum qilgan.
Yevropa Ittifoqi davlatlarida Ukraina armiyasi uchun ko‘plab mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganini eslatgan Borrel, ularning muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirilishi muhimligiga e’tibor qaratdi.
“Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlar Ukrainaga harbiy yordam missiyasini yaratish bo‘yicha umumiy parametrlarni o‘rnatish bo‘yicha ishlarni boshlashga kelishib oldi”, deydi Borrel.
Ukraina Mudofaa vaziri Aleysey Reznikov videokonferensaloqa orqali bugungi yig‘ilishda ishtirok etdi.
U vaziyatga oydinlik kiritib, vazirlar e’tiboriga Ukrainaning qisqa, o‘rta va uzoq muddatli ehtiyojlarini yetkazdi.
Borrel, Yevropa Ittifoqining Ukrainani kerak bo‘lgan vaqt davomida qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, qo‘shimcha qildi:
"Biz tez va qat’iy bo‘lishimiz kerak. Biz Ukraina qurolli kuchlarining holati va xususiyatlaridan kelib chiqib, moslashuvchan harakat qilishimiz kerak”.
LiveBarchasi