YeI Trampning Rossiyaga munosabatidan shubhalanmoqda – OAV

Olam

image

AQSH rasmiylari va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Prezident Donald Trampning Rossiyaga tinchlik bo‘yicha muzokaralar uchun ajratilgan muddatni qisqartirish qaroriga shubha bilan qaramoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Nashr manbalariga ko‘ra, Yevropa Tramp Rossiyaning “mojaroni hal qila olmagani” uchun unga jiddiy sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha amalda hech qanday muhim qadam tashlamagan, deb hisoblamoqda. Ya’ni, Trampning joriy etayotgan bojlarini Yevropa katta yurish sifatida baholamayapti. 

AQSH Davlat departamentining sobiq xodimi Edvard Fishmanning aytishicha, “aslida 20 yanvardan beri Rossiyaga qarshi birorta ham yangi sanksiya paketi joriy qilinmagan”, aksincha, Tramp hokimiyatga kelgach, amaldagi cheklovlar ham yumshatilgan.

Tramp ma’muriyatidagi ayrim mansabdorlar nashr bilan suhbatda Prezident endi Vladimir Putin bilan shaxsiy aloqalariga suyanib, Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik shartnomasi tuzishiga ishonmayotganini aytgan. Ularning qo‘shimcha qilishicha, shuning uchun ham Tramp bosim siyosatini tanlagan. 

Eslatib o‘tamiz, 29 iyul kuni Tramp Rossiyaga Ukraina bilan sulhga erishish uchun 10 kun muddat bergan edi. Bu muddat 8 avgustda tugaydi. Bungacha 50 kunlik muhlat belgilagan edi. Kreml esa Trampning navbatdagi bayonotlarini “e’tiborga oldi” va Rossiya sanksiyalarga nisbatan “muayyan immunitetga” ega ekanini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Donal'd Tramp Evropa Ittifoqi Edvard Fishman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing