YeI sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonun loyihasini kelishib oldi
Texnologiya
−
09 dekabr 2023
4269Yevropa Ittifoqi dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga soladi. Tegishli me’yoriy hujjat loyihasi kelishib olindi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari vakillari va Yevroparlament a’zolari sun’iy intellekt sohasini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan.
Loyihani ishlab chiquvchilar himoya va innovatsiyalar o‘rtasidagi to‘g‘ri muvozanatga erishganliklarini da’vo qilmoqda. Sun’iy intellektni tartibga solish g‘oyasining tanqidchilari bunday muvozanat mumkin emasligini ta’kidlashadi.
ChatGPT kabi sun’iy intellekt tizimlarini yaratuvchi kompaniyalar shaffoflik tekshiruvlariga duch keladi va bu kontent sun’iy intellekt tomonidan yaratilganini oshkor qilishlari talab qilinadi. Bundan tashqari, ular noqonuniy kontent yarata olmaydigan tarzda modellarni ishlab chiqishlari kerak.
Hozircha Yevroparlament tomonidan rasman ma’qullanmagan loyiha, xususan, jamoat joylarida yuzni tanishdan foydalanishga ruxsat beradi, lekin faqat jinoyatchilarni qidirish va teraktlarning oldini olish uchun.
LiveBarchasi