YeI Rossiyaning ikki yirik bankiga sanksiyalar joriy qilishi mumkin
Olam
−
15 fevral 2023
4631Yevropa Ittifoqi 10-sanksiya paketi doirasida Rosbank, Tinkoff banki va Rossiya Federatsiyasi Milliy boylik jamg‘armasiga cheklovlar qo‘yish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda “Bloomberg” kecha, 14 yanvar kuni sanksiyalar loyihasiga tayanib xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, YeI ham banklardan Rossiya Markaziy banki aktivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishni talab qilishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, mumkin bo‘lgan buyurtma qaysi banklarga ta’sir qilishi aniqlanmagan.
Bundan tashqari, Yevropa Komissiyasi Rossiya kompaniyalari va sanksiyalar ostidagi jismoniy shaxslar bilan bog‘liq muzlatilgan aktivlar bo‘yicha hisobot berish majburiyatlarini kuchaytirishni taklif qildi. Yevropa Ittifoqi tomonidan talab qilinadigan ma’lumotlarni taqdim etmaslik jismoniy shaxslar uchun 50 000 yevrogacha va korxonalar uchun yillik aylanmaning 10 foizi miqdorida jarimaga tortilishiga sabab bo‘ladi.
Loyihada ta’kidlanganidek, Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga Yevropadagi muhim infratuzilma ob’ektlari va korxonalari operatorlari boshqaruv organlarida lavozimlarni egallashni ham taqiqlash rejalashtirilmoqda.
Avvalroq “Politico” gazetasi YeI 10-sanksiya paketi doirasida Rossiyaning to‘rtta bankiga, jumladan, Alfa-Bankga nisbatan cheklovlar joriy qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen avvalroq Bryussel 24 fevralgacha joriy etishni rejalashtirayotgan Rossiyaga qarshi YeIning 10-sanksiya paketi 10 milliard yevro miqdoridagi cheklovlarni nazarda tutishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining yangi paketi avvalgi sanksiyalar paketlarida mavjud bo‘lgan bo‘shliqlarni ham yopadi. Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko Yevrokomissiya rahbarining “Rossiya-24” telekanali efiridagi bayonotlarini izohlar ekan, Moskvada YeIning Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 10-paketiga javob berish vositalari borligini aytdi.
LiveBarchasi