YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi ustida ishlayapti
Olam
−
17 aprel 2022
7163Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi voqealar fonida Rossiyaga qarshi navbatdagi, oltinchi sanksiyalar paketini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, choralar bank sektoriga nisbatan qo‘shimcha cheklovlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
“Ayniqsa, ushbu sektorning 37 foizini tashkil etuvchi Sberbankni o‘rganyapmiz”, degan u.
Bundan tashqari, Bryussel energetika bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqmoqda.
Ursula fon der Lyayenning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya hozirda “aqlli mexanizmlarni ishlab chiqish jarayonida” bo‘lib, ular orqali navbatdagi sanksiyalar paketi Rossiya neftiga ta’sir qiladi.
Ursula fon der Lyayen Germaniya hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalarni sekinlashtirayotgani haqidagi taxminlarni rad etgan:
“Germaniya 48 soat ichida biz taklif qilgan beshta sanksiya paketini ma’qulladi. Yevropa Ittifoqi hech qachon hozirgidek birdamlik, qat’iyat va g‘ayrat bilan harakat qilmagan. Germaniya bunda o‘z rolini o‘ynadi”.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi iqtisodiy va individual sanksiyalarning beshinchi paketiga yirik kompaniyalardan tortib, Kremlning yuqori martabali amaldorlarigacha kiritilgandi.
LiveBarchasi