YeI Rossiya energiyasiga qaramlikni kamaytiruvchi mexanizm yaratmoqchi
Olam
−
28 mart 2023
4513Yevropa Ittifoqi a’zo davlatlarga yangi sanksiyalar qo‘llamasdan, Rossiyadan suyultirilgan gaz importini blokirovka qilish imkoniyatini beruvchi mexanizm yaratmoqchi. Bu haqda “Bloomberg” agentligi o‘zida mavjud hujjatlarga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, YeI mamlakatlari energetika vazirlari o‘z hukumatlariga rossiyalik eksportyorlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma ob’ektlarini oldindan bron qilishni vaqtincha taqiqlash huquqini beruvchi taklifni ma’qullashga tayyor. Biroq bunga rozi davlatlar ittifoqning boshqa a’zolari va Yevropa Komissiyasi bilan bunday mexanizmni ishga tushirish uchun maslahatlashishi kerak bo‘ladi.
Agentlikka ko‘ra, bu mexanizm YeIning Rossiya Federatsiyasidan energiyaga qaramligini yanada kamaytirishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Rossiya Ukrainada urush boshlaganidan so‘ng, Yevropa Ittifoqi davlatlari Moskvaga qarshi sanksiyalarni sezilarli darajada kengaytirdi va allaqachon 10 ta cheklovlar paketini tasdiqlagan.
LiveBarchasi