YeI rahbarlari 7 yillik byudjet va iqtisodiy tiklanish kelishuviga erishdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi yetakchilari iqtisodiyotni tiklash jamg‘armasi va 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan moliyaviy byudjet bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Bu haqda Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“Kelishuvga erishdik! Biz iqtisodiyotni tiklash jamg‘armasi va 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan byudjet bo‘icha kelishuvga erishdik. Bu kuchli kelishuv. Asosiysi Yevropa hozir eng to‘g‘risi”, degan Sharl Mishel.

“Bizda kelishuv bor, juda yaxshi – 1,074 trillion yevro byudjetga va 750 milliard (yevro) tiklanish rejasiga. YeIda kelajakni moliyalashtirish hech qachon bu qadar ambitsiyali bo‘lmagan”, deya yozgan Belgiya Bosh vaziri Sofi Vilmes o‘zining Tvitter sahifasida.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron esa kelishuvga erishilganini Yevropa uchun tarixiy kun deb baholagan.

Rejalashtirilgan ikki kun o‘rniga to‘rt kunga cho‘zilib ketgan YeI sammiti 21 iyul kuni tongda o‘z yakuniga yetdi. Yevropa yetakchilari to‘rt kun davomida o‘z ichiga tiklanish jamg‘armasi va uzoq yillik YeI byudjeti rejasini olgan COVID-19 dan so‘ng Yevropa iqtisodiyotini qo‘llash masalalari bo‘yicha juda og‘ir kechgan muzokaralar olib bordi.

Sammit yakuni natijalari, yalpi majlis yakuniga yetganidan so‘ng Yevropa Kengashi va Yevropa komissiyasi tomonidan rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

36

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing