YeI inson huquqlarini buzgan ikki vazirni sanksiya ro‘yxatiga kiritdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Eronga qarshi sanksiyalarni ushbu mamlakatda inson huquqlari buzilgani sababli kengaytirib, yana 32 jismoniy va 2 yuridik shaxsni qora ro‘yxatga kiritdi. Bu haqda bugun, 20 fevral kuni tegishli me’yoriy hujjatlar e’lon qilingan “Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnali”da aytiladi. 

“Yevropa Ittifoqining Eron bilan bog‘liq barcha muammolarni, jumladan, inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rib chiqish majburiyatiga muvofiq, cheklov choralari qo‘llaniladigan jismoniy va yuridik shaxslar, tashkilot va organlar ro‘yxatiga 32 jismoniy va 2 shaxs kiritilishi kerak”, deyiladi unda. 

Qora ro‘yxatga kiritilgan shaxslar orasida rasmiylar, xavfsizlik kuchlari, sud va jazoni o‘tash tizimlari xodimlari, jumladan Eron Madaniyat va islomiy irodasi vaziri Muhammad Mehdi Ismoiliy va Ta’lim vaziri Yusuf Nuriy ham bor. Ismoiliy vazirlik davrida bir qator eronlik jurnalist va san’atkorlarni “soxta ayblovlar” bilan hibsga olganlikda va so‘z erkinligini cheklovchi faoliyat bilan shug‘ullanganlikda ayblanmoqda. Nuriy kuzgi namoyishlar chog‘ida talabalarning hibsga olinishiga, shuningdek, ular maxsus markazlarga “qayta o‘qitish uchun” yuborilayotganiga to‘sqinlik qilmagani uchun sanksiya ro‘yxatiga kiritilgan. Shunday qilib, YeIga ko‘ra, ikkala vazir ham “Eronda inson huquqlarining jiddiy buzilishi” uchun javobgardir. 

Sanksiyalar ro‘yxatiga kirgan yuridik shaxslar politsiya va xavfsizlik kuchlarini moliyalashtirish bilan bog‘liq tuzilmalardir. 

Eslatib o‘tamiz, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen joriy yilning 15 fevral kuni e’lon qilganidek, Yevropa Ittifoqi 24 fevralda Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘ninchi paketi doirasida Eronga qarshi alohida sanksiyalar blokini joriy etish niyatida. Unga, Yevropa Ittifoqi fikricha, Eronning Rossiyaga harbiy ta’minoti bilan bog‘liq yuridik va jismoniy shaxslar kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing