YeI Falastinga insonparvarlik yordami uchun 125 million yevro ajratadi
Olam
−
09 dekabr 2023 3185 1 daqiqa
Yevrokomissiya 2024 yilda falastinliklar uchun 125 million yevro (134 million dollar) miqdorida gumanitar yordam ajratadi. Bu haqda kecha, 8 dekabr kuni Yevropa Ittifoqi ijroiya organi ma’lum qildi.
Yevrokomissiya yangi mablag‘lar G‘azo va Isroil tomonidan bosib olingan G‘arbiy Sohildagi gumanitar tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
“G‘azodagi gumanitar inqiroz kundan kunga kuchayib bormoqda”, deyiladi unda.
Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, moliyalashtirish mintaqaning gumanitar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil qilinadi. Mablag‘lar asosan suv, oziq-ovqat va sog‘liqni saqlash kabi ta’minot manbalariga yo‘naltiriladi.
"Jami 30 ta gumanitar yordam samolyoti tashkil etilgan holda, G‘azodagi muhtoj odamlarga 1000 tonna moddiy yordam yuborildi", deya qo‘shimcha qildi Yevropa komissiyasi o‘z bayonotida.
Ma’lumot uchun, avvalroq Xitoy G‘azoga 4 mln dollardan ortiq gumanitar yordam bergan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr