YeI Falastin uchun donorlar guruhini tuzmoqchi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Falastinni qo‘llab-quvvatlash va G‘azoni tiklash uchun donorlar guruhini tuzadi. Bu haqda kecha, 22 sentyabr kuni Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Falastin muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish va ikki davlat yechimini amalga oshirishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ma’lum qildi.

“Falastin ma’muriyatining o‘zi xavf ostida turgani uchun hammamiz ko‘proq ish qilishimiz kerak. Shu sababli biz Falastin uchun donorlar guruhini tuzamiz. Kelajakdagi Falastin davlati iqtisodiy jihatdan ham barqaror bo‘lishi shart”, deydi fon der Lyayen.

Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqi G‘azo sektorida urush boshlanganidan beri Falastin milliy ma’muriyatiga 1,6 milliard yevrolik yordam ko‘rsatgan, ammo hozir bu yetarli emas.

“Biz yevropaliklar G‘azoni tiklash uchun boshqa donorlar bilan hamkorlikda maxsus mexanizm yaratamiz. G‘azo qayta tiklanishi kerak. Falastin iqtisodiyoti qayta tiklanishi kerak. Sizlarning barchangizni ushbu maqsadga erishish uchun sa’y-harakatlarga qo‘shilishga chorlayman”, deydi Yevrokomissiya rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida o‘tkazilgan Falastin masalasini tinch yo‘l bilan hal qilish va ikki davlat yechimini amalga oshirish bo‘yicha konferensiya minbaridan Falastin davlatini tan olganini e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ursula fon der Lyayen Falastin G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing