YeI Eronga qarshi yangi sanksiyalar qachon ko‘rib chiqishi aytildi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari 29 yanvar kuni Bryusselda o‘tkaziladigan uchrashuvda Eronga qarshi yangi sanksiyalar to‘plamini muhokama qiladi. Bu haqda Yevropaning “Politico” nashri ikki Yevropa diplomatiga asoslanib xabar berdi. 

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, taklif etilayotgan ro‘yxat Yevropa Ittifoqining inson huquqlarini buzganlik uchun sanksiyalar rejimi doirasidagi 21 ta bandni o‘z ichiga oladi.  Bundan tashqari, Yevropa tashqi ishlar xizmati sanksiyalar ro‘yxatiga uchuvchisiz uchish qurilmalarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq 10 ta bandni kiritishni tavsiya etmoqda. 

Nashrining aniqlashtirshicha, Tehronga qarshi cheklovlarni kuchaytirish uchun eng faol ravishda Germaniya, Fransiya va Niderlandiya harakat qilmoqda. Biroq, “Euractiv” portali xabar qilishicha, Yevropa Ittifoqi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini Rim, Parij va Madridning qarshiligi tufayli terroristik tashkilot deb e’lon qilish niyatida emas. 

Ilgari Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen YeIning Eronga qarshi sanksiyalarni yanada kuchaytirish ehtimolini istisno etmasligini aytgan edi

Eronda norozilik namoyishlari 2025 yil oxiridan beri davom etmoqda. 29 dekabr kuni rial kursining keskin tushishi sababli do‘kon egalari ko‘chaga chiqdi, ertasi kuni ularga talabalar ham qo‘shildi. Keyinchalik tartibsizliklar Eronning barcha viloyatlarini qamrab oldi. 2026 yil 2 yanvar kuni ko‘chalarda qurolli guruhlar paydo bo‘ldi, huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvlar kuchaydi, norozilik namoyishlarining eng yuqori cho‘qqisi 8 yanvarga to‘g‘ri keldi. Eron rasmiylari bosqinchilarni terrorchilar deb atab, Isroil va AQSHni tartibsizliklarni uyushtirganlikda aybladi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi sanktsiya Erondagi namoyish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing