YeI davlatlari Afg‘onistonda elchixonalarni qayta ochishni o‘rganmoqda – “Bloomberg”

Olam

image

Yevropaning bir qancha davlatlari Afg‘onistonda o‘z elchixonalarini qayta ochish va shu orqali “Tolibon” harakatini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari rasmiylari va manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

“Bryussel rasmiylari Afg‘onistonda ayollar huquqlarini himoya qilish va mintaqada strategik mavjudlikni o‘rnatish uchun diplomatik vakolatxonalar ochish zarurligini tan ola boshladi”, deydi yevropalik diplomatlardan biri.

Agentlikning eslatishicha, Afg‘onistonda hozirda faqat Yevropa Ittifoqining butun uyushma sifatida vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda, alohida Yevropa davlatlari esa “Tolibon” hokimiyatga kelganidan keyin o‘z elchixonalarini yopgan.

Xususan, Italiya Afg‘onistonda o‘z elchixonasini qayta ochish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Italiya Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayanining aytishicha, Italiyaning Qatardagi elchisi yaqinda Qobulga borgan.

“Biz bu borada ishlayapmiz. Muammoni hal qilish juda qiyin, bu vaqt talab etadi”, degan vazir Vashingtondagi NATO sammiti doirasida agentlikka bergan intervyusida.

Qayd etilishicha, Ispaniya ham xuddi shunday yo‘l tutadi. Afg‘onistondagi elchi hozirda "xavfsizlik nuqtai nazaridan" Qatarda ishlamoqda. Madrid “imkon qadar tezroq” elchini Qobulga qaytarishni rejalashtirmoqda.

“Xavfsizlikning minimal shartlari bajarilishi bilan biz elchimizni qaytarib beramiz. Biz bir oy oldin tayyor edik, ammo, afsuski, o‘shanda ISHID terrorchilari Afg‘onistonda uch ispanlikni o‘ldirdi”, deydi Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, Fransiya, Britaniya va Germaniya rasmiylari agentlikka yaqin kelajakda Qobulda o‘z vakolatxonalarini ochishni rejalashtirmaganliklarini aytgan. O‘z navbatida, Fransiya rasmiysi Afg‘onistonda diplomatik vakolatxonaning yo‘qligi "cheksiz davom eta olmasligini" tan oldi.

Buyuk Britaniya rasmiylari esa “xavfsizlik va siyosiy sharoitlar imkon bersa,” diplomatlarni Afg‘onistonga qaytarish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishlarini tasdiqladi.

Amerika ma’muriyatining ismini oshkor etmagan yuqori martabali mulozimining agentlikka ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonning “Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan hukumatni rasman tan olishni va bu mamlakatdagi elchixonasi faoliyatini qayta tiklashni rejalashtirmayapti.

G‘arb davlatlari 2021 yilda AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqib ketib, Qobulni “Tolibon” kuchlari egallab olgandan so‘ng diplomatik vakolatxonalarini yopdi. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi mamlakatdagi mavjudligini saqlab qoldi. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrelning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Afg‘onistonda bir necha diplomatlarini qoldirgan, ularning asosiy vazifasi aholi o‘rtasida gumanitar yordam tarqatish bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Evropa Ittifoqi Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing