YeI Buyuk Britaniyaga yangi muhlat berishga tayyorlanyapti
Olam
−
07 iyun 2019
3683Yevropa Ittifoqi Buyuk Britaniya YeI tarkibidan chiqish shartlarini belgilangan 31 oktyabr kunigacha tasdiqlamasa rasmiy Londonga yangi muddat berishni ma’qullashi mumkin. Bu haqda “The Times” YeIdagi manbasiga asosan xabar berdi.
Ittifoqning 25 davlati Buyuk Britaniyaga yangi uzoq muddatli muhlat berishni ma’qullayapti.
“Biz buni xohlamaymiz. Biroq Buyuk Britaniyaga yangi muhlat berishga tayyorlanyapmiz. Oxir-oqibatda hech kim kislorodni to‘sib qo‘yuvchidek ko‘rinishni istamaydi”, degan nashr manbasi.
Shu bilan birga, YeIga a’zo ko‘pgina davlatlar hukumatlari Britaniya 2020 yil iyunga qadar Brexit`ni amalga oshirishi kerak deb hisoblayapti. Negaki YeI 2021 yilgacha byudjet harajatlarining yetti yillik rejasini qabul qilishi kerak.
Buyuk Britaniyada yetakchi Konvervatorlar partiyasi rahbarligi va Bosh vazirlikka da’vogar Maykl Gouv hukumat a’zolariga Brexit`ni joriy yil oktyabrdan kelasi yil oxiriga ko‘chirishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqini chiqishi bo‘yicha kerakli sharoitlarni yarata olmagani uchun mamlakat Bosh vaziri Tereza Mey iste’foga chiqdi. Undan avval Devid kemeron ham Brexit bo‘yicha chorasizlikdan iste’foga chiqqandi.
LiveBarchasi