YeI Belarusga qarshi yangi sanksiyalar paketini ma’qulladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqining Doimiy Vakillar qo‘mitasi Belarusga qarshi yangi sanksiyalar paketini ma’qulladi. Bu haqda “European Pravda” xabar berdi.

Yevropa Ittifoqi elchilari kecha, 26 iyun kuni Belarusga qarshi qaratilgan yangi sanksiyalar paketi bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Yevroittifoq rasmiylari ushbu choralar Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga qarshi turishda biroz bo‘lsa-da, yordam berishiga ishonmoqda.

“Ushbu paket Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban chora-tadbirlarni kuchaytiradi, jumladan, sanksiyalarni aylanib o‘tishga qarshi kurashadi”, deydi YeIning Belgiya raisligi.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni Yevropa kengashi Rossiyaga qarshi iqtisodiy va individual sanksiyalarning 14-paketini qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing