YeI afg‘on qochqinlari uchun moddiy yordamni ko‘paytirdi. Biroq...

Olam

image

Yevropa Ittifoqi afg‘onistonlik qochoqlarga gumanitar yordam uchun mo‘ljallangan mablag‘ miqdorini 57 million yevrodan 200 million yevrogacha ko‘tardi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“Katta yettilik” davlatlari rahbarlarining videokonferensiyasida Yevropa Ittifoqi byudjetidan afg‘onlar uchun gumanitar yordamni 57 milliondan 200 million yevrogacha oshirilishini ma’lum qilaman”, deya yozgan Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen o‘zining Twitter'dagi sahifasida.

Joriy yilning 21 avgust kuni esa fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi bu yil Afg‘oniston uchun ajratilgan 57 million yevro miqdoridagi gumanitar yordam hajmi sezilarli darajada oshirildi. Biroq, uning ta’kidlashicha, yangi hokimiyat inson huquqlarini hurmat qilishni boshlamagunga qadar barcha 1 milliard yevro miqdoridagi iqtisodiy yordam to‘xtatib qo‘yiladi.

Avvalroq,Yevropa Ittifoqi “Tolibon”ning Afg‘onistondagi g‘alabasini tan olib, ular bilan qator masalalarda muhokama o‘tkazishi kerakligini ta’kidlagandi. Xususan, YeI Afg‘oniston hududidan Yevropa davlatlari fuqarolari va afg‘onlarni olib chiqish borasidagi masalani muhokama qilishi kerakligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston EI

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing