YeI 1 yilga qaytarish sharti bilan 10 ta davlatga 3 mlrd yevro ajratdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun qo‘shni davlatlarga 3 milliard yevro ajratishga qaror qildi. Bu haqda bugun, 22 aprel kuni Bryusselda ma’lum qilingan Yevropa komissiyasining bayonotida aytiladi.

“Yevropa komissiyasi koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini cheklashga yordam beradigan 10 ta sherigiga 3 milliard yevro miqdoridagi makro-moliyaviy yordam paketini taqdim etish taklifini ma’qulladi”, deyiladi hujjatda.

Hujjatda keltirilishicha, eng ko‘p yordamni Ukraina oladi – 1,2 milliard yevro. Bundan tashqari, Albaniya (180 million), Bosniya va Gersegovina (250 million), Gruziya (150 million), Iordaniya (200 million), Kosovo (100 million), Moldova (100 million), Chernogoriya (60 million), Shimoliy Makedoniya (160 million) va Tunis (600 million yevro) miqdorida yordam oladi.

"Mablag‘lar ushbu mamlakatlarning shoshilinch va tezkor moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun 12 oy davomida juda imtiyozli shartlar asosida kredit shaklida taqdim etiladi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magi bilan birga, ushbu mablag‘lar makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga yordam beradi va fuqarolarni himoya qilish uchun mablag‘ ajratish uchun sharoit yaratadi”, deyiladi bayonotda.

Yevropa Komissiyasi YeI Kengashi va Yevropa Parlamentini yordamning birinchi transhi bilan ta’minlash uchun ushbu qarorni zudlik bilan qabul qilishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing