YeI harbiy jinoyatlar dalillarini to‘plash uchun Ukrainaga missiya yuboradi
Olam
−
11 aprel 2022
8446Yevropa Ittifoqining 27 davlati Tashqi ishlar vazirlari Ukrainaga harbiy jinoyatlar dalillarini to‘plash va bu ish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun missiya yuborishga qaror qildi.
Bu haqda bugun, 11 aprel kuni YeI diplomatiyasi rahbari Josep Borrel Lyuksemburgdagi YeI kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Urushdan oldin Ukrainada bo‘lgan Yevropa Ittifoqining maslahat missiyasi endi harbiy jinoyatlar dalillarini to‘plashda yordam berish uchun safarbar qilinadi”, deydi.
Dalillarni to‘plashga Yevropa Ittifoqi moliyaviy yordam beradi.
O‘tgan hafta Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari va YeI Tashqi ishlar xizmati rahbari Jozep Borrel Buchadagi vaziyat haqida tarqalayotgan xabarlar fonida Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni kuchaytirishni taklif qilgandi.
Shuningdek, Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Ukrainaning avvalroq tinch aholining ommaviy qabrlari topilgan Bucha shahriga bordi.
“Bucha qirg‘ini”
Joriy yilning 1 aprel kuni Bucha meri Anatoliy Fedoruk Ukraina harbiylari rossiyalik bosqinchilarni chiqarib yuborganini tasdiqladi. Chekingan ruslar fuqarolik inshootlarini, infratuzilma ob’ektlarini va aholi punkti ichidagi ba’zi hududlarni minalagan.
Ozod qilingan shaharda ukrainalik harbiylar hududni diversantlar va rossiyalik sheriklardan tozalashga kirishgan.
2 aprel oqshomida Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar butun Kiyev viloyati rus bosqinchilaridan ozod qilinganini ochiqladi.
Shundan so‘ng bosqinchilarning vahshiyliklari haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Ruslar odamlarni o‘ldirgan va zo‘rlagan, haqorat qilgan va qiynoqqa solgani aytildi. Dmitriy Komarov Buchadan dahshatli kadrlarni ko‘rsatdi va aholi nonni ko‘rganda shunchaki yig‘layotganini aytdi. Keyinchalik tarmoqda paydo bo‘lgan Buchadan olingan hayratlanarli fotosuratlarda bog‘langan odamlar o‘ldirayotgani ma’lum bo‘ldi. Ukrainaliklar ommaviy qabrlarga dafn qilingan. Ba’zi jasadlar ko‘chalarning o‘rtasida qolgan.
Bucha voqealari haqiqati oshkor bo‘lgach, dunyo davlatlari uni qoraladi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqishni boshladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Buchadagi voqealarni Moskvaga qarshi provokatsiya va sahnalashtirilgan deb atadi.
LiveBarchasi