YeCHLning eng yaxshilari e’lon qilindi

Sport

image

Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior Yevropa Chempionlar ligasining (YeCHL) 2023/2024 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi, Jud Bellingem esa turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy mavsum YeCHLda braziliyalik futbolchi 10 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Vinisius “Real” bilan birgalikda finalda Dortmundning “Borussiya” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. Vinisius finalda jamoasining gollariga mualliflik qildi.

Jud Bellingem esa YeCHLda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Finalda esa ingliz futbolchisi o‘z hisobiga bitta assist yozdirib qo‘ydi. 

Ma’lumot uchun, Vinisius “Real”ga 2018 yilning iyulida “Flamengo”dan kelib qo‘shilgan edi. O‘shanda uning transfer summasi 45 million yevroni tashkil qilgan, futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Vinisius 39 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 150 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Vinisius Junior Jud Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made