YeCHLda 3-turning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sport

image

“Ayaks” himoyachisi Deyli Blind UEFA Chempionlar Ligasi 3-tur o‘yinlarining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Joriy yilning 19 oktyabr kuni “Ayaks” o‘z maydonida Dortmundning “Borussiya” klubini 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Deyli Blind himoyadagi bir qancha muvaffaqiyatli harakatlari bilan ajralib turdi, shuningdek, bitta gol urdi va bir golli uzatmani amalga oshirdi. Qayd etish kerak, dortmundliklar hujumchisi Erling Xoland maydonda 90 daqiqa harakat qildi.

Haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun Noa Okafor (“Zalsburg”), Alisson Bekker (“Liverpul”) va Sebastyan Koates (“Sporting”) ham da’vogarlik qilgan edi.

Ushbu g‘alaba evaziga amsterdamliklar yuz foizlik natija bilan “S” guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. “Borussiya” hisobida esa 6 ochko bor.


Maqola muallifi

Teglar

Borussiya Dortmund Ayaks UEFA Chempionlar Ligasi Deyli Blind

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing