YeCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ma’lum qilindi

Sport

image

UEFA Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlarni elon qildi.

Dastlabki nomzod “Borussiya Dortmund” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem. Jud “Sevilya”ga qarshi 4:1 hisobidagi g‘alabali o‘yinda 1 ta gol kiritdi va 1 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

“Yuventus” vingeri Anxel Di Mariya Xayfaning “Makkabi”siga (3:1) qarshi o‘yinda uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

YeCHL 3-turining qiziqarli uchrashuvlaridan birida “Napoli” “Ayaks”ni 6:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Ushbu uchrashuvda napoliliklar himoyachisi Jovanni Di Lorenso 1 ta gol urgan va 7 marta raqiblaridan to‘pni olib qo‘ygan.

“RB Leypsig” hujumchisi Andre Silva “Seltik”ga qarshi o‘yinda ikkita gol urdi va jamoasining 3:1 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam berdi.

Avvalroq, Leo Messi YeCHLda 40 ta klubning darvozasini ishg‘ol qilib, mutloq rekord o‘rnatgani to‘g‘risida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi

Baholaganlar

21

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing