YeCHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sport

image

Yakuniga yetgan Yevropa Chempionlar ligasi haftasida eng yaxshi futbolchi sifatida Xulian Alvares topildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Bayer”ga qarshi o‘yinda dubl qayd etib, jamoasining g‘alabasiga o‘zining hissasini qo‘shgan “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvares Yevropa Chempionlar ligasining hafta futbolchisi deb e’lon qilindi.

Alvares ovoz berish jarayonida “Real” a’zosi Vinisius, “Barselona” futbolchisi Rafinya, va PSV hujumchisi Lyuk De Yongdan ustun kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, ushbu sovringa da’vogarlar qatorida keltirilgan futbolchilar haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Atletiko Evropa Chempionlar ligasi UEFA Bayer Xulian Al'vares

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing