YeCHLda hafta futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi 

Sport

image

Yevropa Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlar e’lon qilindi. Bu haqda UEFA'ning rasmiy saytida xabar berildi.

Xafta futbolchisi bo‘lishga dastlabki nomzod Son Xen Min “Tottenxem”ning “Aytraxt” (3:2) qarshi o‘yinida ajoyib harakatlari bilan ajralib turdi. Koreyalik futbolchi germaniyaliklar darvozasiga 2 ta gol urushning ham uddasidan chiqdi.

Belgiyaning “Bryugge” klubi darvozaboni Simon Minole ham hafta qahramonlaridan biri bo‘ldi. Sababi belgiyaliklar Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubin maydoniga safar uyushtirib, 0:0 hisobidagi durrang bilan ortga qaytdi. Bu natijada, madridliklarning naqd 9 ta aniq zarbasini qaytargan  Minolening hissasi katta.

Braziliyalik hujumchi Roberto Firmino “Liverpul”ning “Reynjers”ga qarshi o‘yindagi gollar shousini boshlab berdi. Yakunda “qizillar” Shotlandiya klubini 7:1 hisobida mag‘lub etdi. Firmino esa o‘z hisobiga 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozib qo‘ydi.

Hafta futbolchisi bo‘ishga oxirgi nomzod “Makkabi Xayfa” vingeri Omer Asili bo‘ldi. Omer “Yuventus”ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etib, “Makkabi”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.


Maqola muallifi

Teglar

Roberto Firmino “Tottenxem” Son Xen Min “Atletiko Madrid”

Baholaganlar

34

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing