YeCHL va JCH finalini boshqargan italiyalik referi Ukrainaga yo‘l oldi
Sport
−
09 noyabr 2021
2287Sobiq FIFA referisi Nikola Ritsolli faoliyatini Ukrainada davom ettiradi. Bu haqda “Sky Sport Italy” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 50 yoshli italiyalik mutaxassis Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UAF) hakamlar qo‘mitasi rahbari Lutsiano Lusi bilan birgalikda mamlakat futbolida VAR tizimini rivojlantirish ustida ish olib boradi. U shuningdek, ukrainalik hakamlar malakasini oshirish uchun ham javobgar bo‘ladi.
U 2002-2017 yillarda Italiya A Seriyasida hakamlik qilgan, 2011 yildan 2017 yilgacha qatorasiga yetti marta Italiyaning eng yaxshi hakami, deb topilgan. 2007 yildan 2017 yilgacha FIFA referisi sifatida ishlagan. Ritsolli 2013 yilgi UEFA Chempionlar ligasi finalida hamda 2014 yilgi Jahon chempionati finalini boshqargan.
Ma’lumot uchun, Nikola Ritsolli Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan XXI asrning eng yaxshi 10 hakami qatoriga kiritilgan.
LiveBarchasi