YeCHL: “PSJ” va “Istanbul” o‘yini irqiy mojaro sabab qoldirildi

Sport

image

Kecha, 8 dekabr kuni Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-tur doirasidagi “Pari Sen-Jermen” — “Istanbul Bashakshexir” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv irqiy mojaro sabab 14-daqiqada to‘xtatib qo‘yildi.

Gap shundaki, ruminiyalik to‘rtinchi hakam Sebastyan Kolteskuning turk jamoasi bosh murabbiysi yordamchisi Per Veboni “qora yigit” deb chaqirgan.

“Istanbul Bashakshexir” jamoasi futbolchilari norozilik izhor etish maqsadida maydonni tark etdi, keyin fransuzlar ham o‘yinni ushbu hakam bilan davom ettirmasligini bildirib, maydondan chiqib ketishdi. 

Uchrashuvning qolgan qismi bugun boshqa hakamlar brigadasi ishtirokida o‘tkazilishi kutilmoqda. O‘yinga bosh hakam qilib Danni Makkeli (Niderlandiya) tayinlandi. Unga Mario Diks va Marsin Bonek yordam beradi. Marko Di Bello hakamning video yordamchisi bo‘ladi.

UEFA ushbu vaziyat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol

Baholaganlar

384

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing