YeCHL guruh bosqichining eng chiroyli goli e’lon qilindi

Sport

image

UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining eng chiroyli goli uchun berilgan ovozlar natijasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, PSJ futbolchisi Lionel Messining “Manchester Siti”ga (2:0) qarshi o‘yinda kiritgan to‘pi guruh bosqichidagi eng chiroyli gol, deb topildi.

“Liverpul” yarim himoyachisi Tiago Alkantaraning “Portu” (2:0) darvozasiga bilyard uslubida yo‘llagan zarbasi ikkinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskining “Dinamo Kiyev” qarshi bahsda chalqancha uslubda kiritgan goli uchinchi pog‘onani egalladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 dekabr kuni Nyon shahrida (Shveysariya) YeCHLning 2021/2022 yilgi mavsumi 1/8 finaliga qayta qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Birinchi qur’a natijalari texnik xatolar tufayli bekor qilingan edi.

Ma’lumot uchun, PSJ nimchorak finalda “Real Madrid”ga qarshi bahs olib borsa, “Liverpul” “Inter”ni, “Bavariya” esa “RB Zalsburg”ni sinovdan o‘tkazadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Messi EChL PSJ Bavariya Liverpul' Levandovski Man Siti Al'kantara

Baholaganlar

31

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing