YeCHL g‘olibligi uchun asosiy favorit e’lon qilindi. Bu “Real Madrid” emas
Sport
−
13 Sentyabr 2024 13431 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi 2024/2025 yilgi mavsum Yevropa Chempionlar ligasida (YeCHL) g‘olib bo‘lish uchun favorit hisoblanadi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.

“Shaharliklar”ning g‘alaba qozonish ehtimoli 25,3 foizga baholanmoqda. Bu borada 2-o‘rinni Ispaniyaning “Real Madrid” (18,2 foiz), 3-o‘rinni esa Italiyaning “Inter” (10,9 foiz) egalladi.
Kuchli beshlikdan Angliyaning “Arsenal” (6,3 foiz) va Germaniyaning “Bayer” (5,4 foiz) klublari joy oldi.
Qayd etish joiz, o‘tgan mavsumda ham “Opta” portali YeCHL g‘olibligi uchun “Manchester Siti”ni favorit sifatida ko‘rsatayotgandi, biroq “Real” bilan o‘yindan so‘ng “shaharliklar” musobaqani tark etdi va yakunda “qaymoqranglilar” turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr