YeCHL g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlar reytingi yangilandi
Sport
−
19 dekabr 2023 4255 1 daqiqa
Britaniyaning “Goal” nashri tomonidan futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasida (YeCHL) g‘oliblikka da’vogarlarning yangilangan reytingi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Angliyaning “Manchester Siti” klubi “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli futbol turnirida g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlik qilmoqda. Bu borada Germaniyaning “Bavariya” klubi 2-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Ispaniyaning “Real Madrid” klubi 3-o‘rinda qayd etilgan.
Bungacha Karlo Anchelotti shogirdlari chempionlikka asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgandi, biroq yangi reytingda "qaymoqranglilar" ikki pog‘ona pastladi.
Reyting:
16. “Latsio”
15. “Kopengagen”
14. “Portu”
13. “Leypsig”
12. PSV
11. “Napoli”
10. “Barselona”
9. “Atletiko”
8. “Inter”
7. PSJ
6. “Real Sosedad”
5. “Arsenal”
4. “Borussiya” Dortmund
3. “Real”
2. “Bavariya”
1. “Manchester Siti”
Eslatib o‘tamiz, 18 dekabr kuni YeCHLning 1/8 final bosqichiga qur’a tashlangandi. Qur’a natijalariga ko‘ra, amaldagi chempion hisoblanmish Pep Gvardiola shogirdlari Daniyaning “Kopengagen” klubi bilan kuch sinashadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025