YeCHL finalida 17-marta Milan jamoasi o‘ynaydi

Sport

image

Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalida “Milan”ni mag‘lub etgan (umumiy hisobda 3:0) “Inter” turnirning hal qiluvchi o‘yiniga yo‘llanma oldi. Milanliklar uchun bu Yevropa Chempionlar ligasi tarixidagi 17-final bo‘ladi.

“Inter” hozirgisini hisobga olmaganda, besh marta turnirning final bosqichiga yetib kelgan hamda uchtasida g‘alaba qozongan (1964, 1965, 2010) va ikkitasida (1967, 1972) mag‘lub bo‘lgan.

Milan 11 marta finalga chiqqan. “Qizil-qoralar” yetti marta (1963, 1969, 1989, 1990, 1994, 2003, 2007) finalda g‘alaba qozongan va to‘rt marta mag‘lubiyatga uchragan (1958, 1993, 1995, 2005).

Yevropa Chempionlar ligasining hal qiluvchi o‘yinidagi umumiy ishtiroklar soni bo‘yicha “Inter” hamon “Yuventus”dan kam natijaga ega. Turinliklar 9 marta finalga chiqqan, lekin faqat ikki marta musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi “Milan”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing