YeCHL finali Turkiyaga qancha daromad keltirdi?

Sport

image

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining finalidan Turkiya 200 million dollar daromad ko‘rdi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rahbari Mahmud Buyukekshi ma’lum qildi.

“Finalga butun dunyodan mehmonlar keldi va mamlakatimiz iqtisodiyoti 200 million dollar miqdorida daromad ko‘rdi”, deydi Buyukekshi.

Yevropa Chempionlar ligasi final o‘yini joriy yilning 10 iyun kuni Istanbuldagi “Otaturk” stadionida bo‘lib o‘tdi. Mazkur arena o‘z bag‘riga 80 mingdan ortiq muxlisni sig‘dira oladi.

Finalda Angliyaning “Manchester Siti” va Italiyaning “Inter” klublari to‘qnash keldi. Bahs “Man Siti”ning 1:0 hisobida g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Pep Gvardiola murabbiyligidagi “Manchester Siti” joriy mavsum trebl qayd etdi. Jamoa Angliya chempionatida g‘olib bo‘ldi va mamlakat kubogiga ham ega chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi Turkiya futbol federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing