Turkiyada 149 nafar hakam futboldan chetlatildi

Sport

image

Avvalroq, Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) prezidenti Ibrohim Hojiosmano‘g‘li hakamlar orasida keng ko‘lamli o‘yinlarga pul tikish faoliyati aniqlanganini ma’lum qilingan edi. Endi esa federatsiyasi ushbu faoliyatda 149 nafar hakam va yordamchi hakamni aybdor deb topdi va ularning faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda “Turkish minute” nashri xabar berdi.

Federatsiya tartib-intizom kengashi ushbu shaxslarga 8 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga cheklov jazosini tayinlagan. Yana uch nafar hakamga nisbatan esa tergov ishlari davom etmoqda. TFF o‘z rasmiy saytida jazolangan hakamlarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qilib, jazo qilmishning jiddiylik darajasiga qarab belgilangani haqida ma’lum qilgan.

Ibrohim Hajiosmono‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, tekshiruvlar davomida mamlakat professional ligalarida faoliyat yuritayotgan 571 nafar hakamdan 371 nafarining qimorga pul tikish hisoblari aniqlangan, ulardan 152 nafari faol ravishda qimor o‘ynagan. Uning aytishicha, ayrim hakamlar juda katta miqdorda pul tikkan, masalan bittasi 18 227 marta, 42 nafari esa 1000 dan ortiq marotaba garov o‘ynagan. Boshqalari esa faqat bir necha bor bunda ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq serbiyalik taniqli basketbol hakami Urosh Nikolich xalqaro politsiya operatsiyasi davomida uyushgan jinoyatchilik guruhiga aloqadorlikda gumonlanib, hibsga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

hakam Turkiya futbol federatsiyasi Ibrohim Hojiosmano'g'li tartib-intizom kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing