YeCHL final uchrashuviga hakam tayinlandi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining finalidan o‘rin olgan “Real”-“Borussiya” o‘yinini sloveniyalik FIFA referisi Slavko Vinchich boshqarib boradi. Bu haqda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) o‘z rasmiy saytida xabar berdi.

Finalda Vinchich hamyurtlari Tomaz Klanchnik va Andraj Kovachich yordam beradi. Rasmiy to‘rtinchi hakam sifatida Fransua Letekse qayd etilgan.

Vinchich bu mavsumda YeCHLning beshta o‘yinida ishladi. E’tiborlisi, u faoliyat olib borgan bahslarda penalti belgilanmadi va hech qaysi futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatilmadi. Shuningdek, joriy mavsum “Borussiya” ishtirokidagi o‘yinni boshqarishga ham ulgurdi. U Dortmund klubining turnir chorak final javob o‘yinida “Atletiko Madrid” ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozongan bahsida hakamlik qildi.

UEFA ayollar o‘rtasidagi Yevropa Chempionlar ligasi finaliga ingliz hakami Rebekka Uelchni, Yevropa ligasi finaliga ruminiyalik Istvan Kovachni va Konferensiyalar ligasi finaliga esa portugaliyalik Artur Soaresh Diashni tayinladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Borussiya Slavko Vinchich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made