JCH finalini boshqaradigan hakam kimligi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Argentina va Ispaniya o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionati finaliga xizmat qiladigan hakamlar brigadasini e’lon qildi. Bu haqda rasmiy ma’lumotni FIFA sahifasida e’lon qilindi.

Finalni sloveniyalik tajribali hakam Slavko Vinchich boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Tomaj Klanchnik va Andraj Kovachich yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini BAA vakili Adham Mahadmeh bajaradi. Zaxira yordamchi hakam etib esa Muhammad Alkalaf tayinlangan.

46 yoshli Vinchich turnir davomida uchta uchrashuvda ishladi. U Braziliya – Marokash (1:1), Jazoir – Iordaniya (2:1) guruh bosqichi hamda Meksika – Ekvador (2:0) 1/16 final bahslarini boshqardi. U Yevropaning eng tajribali va nufuzli hakamlaridan biri sanaladi. Shunga qaramay, aynan uning finalga tayinlanishi ko‘pchilik uchun kutilmagan qaror bo‘ldi.

Avvalroq ko‘pchilik mutaxassislar finalni polyak hakami Shimon Marchinyak boshqarishini taxmin qilayotgandi. Biroq u pley-off bosqichida birorta ham uchrashuvga tayinlanmadi. Ayrim nashrlar bu holatni uning Argentina – Jazoir uchrashuvida Lionel Messiga sariq kartochka ko‘rsatmagani bilan bog‘liq bahslar ta’sir qilgan bo‘lishi mumkinligi bilan izohlamoqda.

Slavko Vinchich nomi Argentina muxlislariga yaxshi tanish. U shu paytgacha “albiseleste” ishtirokidagi faqat bitta uchrashuvni boshqargan. Bu 2022 yilgi Jahon chempionatining ilk turidagi Saudiya Arabistoniga qarshi bahs bo‘lib, Lionel Messi gol urganiga qaramay, Argentina 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. O‘sha uchrashuv turnirning eng katta sensatsiyalaridan biri sifatida tarixda qolgan.

Qizig‘i shundaki, o‘sha omadsiz startga qaramasdan, Argentina musobaqa davomida o‘zini tiklab, turnir yakunida jahon chempioniga aylangan edi. Endi esa to‘rt yil o‘tib, Slavko Vinchich yana Argentina ishtirokidagi hal qiluvchi bahsni boshqaradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing