YeCHL 3-turida qanday natijalar qayd etildi?

Sport

image
0:00
0:00
download

Kecha, 19 oktyabr kuni UEFA Chempionlar ligasining 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. 

“A” guruhida g‘oliblikka asosiy da’vogarlardan biri bo‘lgan PSJ o‘z maydonida “Leypsig”ni mag‘lub etdi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Kilian Mbappe mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, mehmonlar ikki bor gol urib, hisobda oldinga chiqib oldi. Uchrashuv qahramoni Lionel Messi 67-daqiqada hisobni tenglashtirdi, oradan 7 daqiqa o‘tar-o‘tmas Mbappega nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilangan penaltini “panenka uslubi”da amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida esa Kilian penaltidan gol ura olmadi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda “Manchester Siti” “Bryugge” mehmoni bo‘ldi va yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Riyad Mahrez dublga erishgan bo‘lsa, Kanselu, Uoker va Palmer bittadan gol urdi. Mezbonlarning yagona goliga Vaneken mualliflik qildi.

Biroq, o‘yinning 52-daqiqasida Grizmann to‘p uchun kurashda butsasining tag qismi bilan Firminoning boshiga zarba berib yubordi va qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shundan so‘ng, “Liverpul” Salohning penaltidan kiritgan goli evaziga g‘alabani ilib ketdi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida Italiyaning “Milan” klubi YeCHL joriy  mavsumidagi ketma-ket 3-o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi. Diashning goli “Portu”ga qimmatli 3 ochkoni taqdim etdi.

Peshqadam “Liverpul” 9 ochko bilan birinchi, 4 tadan ochko jamg‘argan “Atletiko” va “Portu” ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallab turibdi.

Turning sensatsiyasi “C” guruhida “Ayaks” va “Borussiya” o‘yinida kuzatildi. Amsterdamdagi “Yoxan Kroyf arena”da o‘tkazilgan bahs mezbonlarning yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Qayd etish kerak, dortmundliklar hujumchisi Erling Xoland maydonda 90 daqiqa harakat qildi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida Portugaliyaning “Sporting” klubi Turkiyaga safar qilib, “Beshiktosh” ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi. Uch o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan “Ayaks” peshqadam bo‘lib turibdi. “Borussiya” hisobida esa 6 ochko bor.

“D” guruhida Ukrainaning “Shaxtyor” klubi “Real Madrid”ni mehmon qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida himoyachi Krivsov o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Shundan so‘ng, Vinisius Junior dublga erishgan bo‘lsa, Rodrigo va Karim Benzemaning gollari “qaymoqranglilar”ning 5:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

 

Ikkinchi uchrashuvda, guruh peshqadami bo‘lib turgan Moldovaning “Sherif” klubi ilk mag‘lubiyatini “Inter”dan qabul qilib oldi – 1:3. O‘zbekistonlik Jasur Yaxshiboyev jarohati tufayli bu o‘yinda ishtirok etmadi.

O‘zaro o‘yinlardagi ustunlik sababli “Sherif” 6 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. “Real” ham moldovaliklar bilan bir xil ochkoga ega. 

Bugun, 20 oktyabr kuni “Ye”, “F”, “G”, “H” guruhlarida 3-tur o‘yinlari o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi EChL Mbappe Saloh Chempionlar ligasi UEFA

Baholaganlar

122

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing