YeCHL 1/8 final juftliklari va o‘yinlar sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 16 dekabr kuni Shveysariyaning Non shahrida Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. 

Qur’a natijasida quyidagicha juftliklar shakllandi:

“Borussiya” (Dortmund, Germaniya) – “Pari Sen-Jermen” (Fransiya)
“Real” (Ispaniya) – “Manchester Siti” (Angliya)
“Atalanta” (Italiya) – “Valensiya” (Ispaniya)
“Atletiko” (Ispaniya) – “Liverpul” (Angliya)
“Chelsi” (Angliya) – “Bavariya” (Germaniya)
“Lion” (Fransiya) – “Yuventus” (Italiya)
“Tottenxem Xotspur” (Angliya) – “RB Leypsig” (Germaniya)
“Napoli” (Italiya) – “Barselona” (Ispaniya)

Картинки по запросу 1/8 финал лиги чемпионов

1/8 finalda bitta guruhdan chiqqan jamoalar o‘zaro to‘qnash kelmadi. Saralanganlar savatchasida bo‘lgan jamoalar 1/8 finalning javob uchrashuvlarini o‘z maydonida o‘tkazishadi.

Alohida ta’kidlash kerakki, Chempionlar ligasi pley-offida ilk marta faqat top-5 ligalar vakillari ishtirok etishmoqda.

UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasi 1/8 final bosqich o‘yinlari aniq sanasini e’lon qildi.

1/8 final. Dastlabki uchrashuvlar

18 fevral (seshanba)
“Borussiya” D – “PSJ”
“Atletiko” – “Liverpul”

19 fevral (chorshanba)
“Atalanta” - “Valensiya”
“Tottenhem” - “Leypsig”

25 fevral (seshanba)
“Chelsi” – “Bavariya”
“Napoli” – “Barselona”

26 fevral (chorshanba)
“Real” - «Manchester Siti»
“Lion” - “Yuventus”

1/8 final. Javob uchrashuvlari

10 mart (seshanba)
“Valensiya” – “Atalanta”
“Leypsig” - “Tottenhem”

11 mart (chorshanba)
“PSJ” – “Borussiya” D
“Liverpul” – “Atletiko”

17 mart (seshanba)
“Manchester Siti” - “Real”
“Yuventus” – “Lion”

18 mart (chorshanba)
“Bavariya» - “Chelsi”
“Barselona” - “Napoli”.

O‘yinlarning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan soat 01:00. Chorak final va yarim final uchun qur’a tashlash marosimi 20 mart kuniga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing