YeCHL 1/4 final javob o‘yinlariga hakamlar tayinlandi
Sport
−
15 aprel 2024 4109 1 daqiqa
Yevropa Chempionlar ligasi 1/4 finalidan o‘rin olgan “Manchester Siti” - “Real” uchrashuvini italiyalik 48 yoshli referi Daniele Orsato boshqarib boradigan bo‘ldi. Bu haqda UEFA o‘z rasmiy saytida xabar berdi.
Orsatoga qanotlarda hamyurtlari Chiro Karbone va Alessandro Jallatini yordam beradi. Uchrashuvning to‘rtinchi hakami sifatida Mauritsio Mariani nomi ko‘rsatildi. VAR'da Massimiliano Irrati ish olib boradi, unga Paolo Valeri yordam beradi.
“Bavariya” - “Arsenal” uchrashuvini esa 41 yoshli niderlandiyalik Denni Makkeli boshchiligidagi hakamlar boshqaradi.
Laynsmenlar – Xessel Stegstra va Yan de Vris, to‘rtinchi hakam - Sander van der Eyk. VAR hakami Rob Diperink, uning yordamchisi Kley Ruperti.
Har ikki uchrashuv 18 aprelga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr