Yashnobodda yo‘l ta’miriga ajratilgan millionlarni “tuya” qilgan mas’ullar ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Yashnobod tumanidagi ichki yo‘llarni qurilishi va ta’mirlanishiga ajratilgan 300 mln so‘mga yaqin mablag‘lar talon-toroj qilingani fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xabar berdi.

Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Natijada buyurtmachi Yashnobod tumani obodonlashtirish boshqarmasi, bosh pudratchi “T.Y.” va yordamchi pudratchi “T.O.” MCHJ mansabdor shaxslari tumandagi 6 ta ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, 278 mln so‘mlik yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarmasdan byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat talon-toroj

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing