Yashnobodda Lacetti va Nexia-1 to‘qnashdi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 15 aprel kuni Toshkentning Yashnobod tumanida Lacetti va Nexia-1 to‘qnashdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, soat 12:20 lar atrofida Yashnobod tumani Ohangaron ko‘chasida Lacetti hamda Nexia-1 rusumli avtomashinalar to‘qnashuvi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. Ushbu baxtsiz voqea oqibatida Lacetti haydovchisi tan jarohati olgan.

"Holat yuzasidan Toshkent shahar  mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz", deyiladi xabarda.

Madina Otaboyeva 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing