Yashnobod aholisi vaqtincha suvsiz qoladi
Jamiyat
−
26 Sentabr 2022
606427 sentyabr soat 09:00 dan 28 sentyabr soat 13:00 gacha Yashnobod tumanining qator hududlarida suv ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, S.Azimov va Istiqbol ko‘chalaridagi D-600mm yopqich (zadvijka) almashtirilishi munosabati bilan quyidagi ob’ektlarda suv ta’minoti to‘xtatiladi:
• To‘ytepa mahallasi; Ya.G‘ulomov ko‘chasi - 1 ta 9 qavatli (62-uylar);
• S. Azimov 1 tor ko‘chasi - 4 ta 5 qavatli (1, 2, 3, 4-uylar), 5 ta 7 qavatli (20, 1a, 2a, 8, 51 – uylar);
• S. Azimov 1 tor ko‘chasi - 1 ta 7 qavatli (15-uy), 15 ta mahalliy xonadon;
• S.Azimov 3 tor ko‘chasida - 25 ta mahalliy xonadon;
• S.Azimov 3 berk ko‘chasi - 3 ta 5 qavatli uylar (1, 3, 5- uylar);
• S.Azimov 5 tor ko‘chasida - 3 ta 5 qavatli uylar (2,3,5-uylar);
• Istiqbol ko‘chasida - 2 ta 5 qavatli uylar (25,89-uylar);
• To‘ytepa ko‘chasi - 6 ta 5 qavatli uylar (2,7,7a,54,3-uylar), 1 ta 7 qavatli uy (5-uy);
• Farg‘ona yo‘li ko‘chasi “Obod makon” MFY- 21 ta 7 qavatli uylar (1-21-uylar);
• Farg‘ona yo‘li 13-ko‘chasi - 50 ta; mahalliy xonadon, 1 ta 4 qavatli, 10 ta 2 qavatli uylar;
• Farg‘ona yo‘li 15-ko‘chasi - 50 ta; mahalliy xonadon, 1 ta 4 qavatli uy, 5 ta 2 qavatli uylar;
• Farg‘ona yo‘li 23-ko‘chasi - 1 ta 4 qavatli, 5 ta 2 qavatli, 30 ta xususiy xonadonlar;
• Farg‘ona yo‘li 27-ko‘chasi - 4 ta 9 qavatli (1-4-uylar);
• Boku ko‘chasi - 80 ta mahalliy xonadon;
• Davlat korxonalari;
• Indoneziya, Belorusiya, Xitoy; Turkiya, Fransiya, Ukraina, Yaponiya elchixonalari;
• Bosh Prokuratura;
• Fanlar akademiyasi;
• Travmatologiya shifoxonasi;
• Bolalar bog‘chasi 2 dona. (№222, 559-MTT);
• Maktab 1 dona. (№ 145-Maktab);- Ortopediya markazi;
• Shahar DSENM;
• Poliklinika №1;
• Milliy bank;
• Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi;
• Cherkov 2 ta;
• Yashnobod tuman hokimiyati;
• Farg‘ona yo‘li 20 ta korxonalar;- 4-sonli Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi.
Jami 74 ta ko‘p qavatli uy va 250 ta mahalliy xonadonlar vaqtincha ta’minotdan uziladi.
Ichimlik suv ta’minotida uzilishlar va suv bosimining pasayishi kuzatiladigan joylarda aholi maxsus suv tashish avtomashinalari orqali ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
LiveBarchasi