“Yashashni istasang, men bilan yur!” Shvarsenegger koronavirusga qarshi emlandi

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik aktyor va Kaliforniyaning 38-gubernatori Arnold Shvarsenegger koronavirusga qarshi emlanganini ma’lum qildi. Bu haqda u Twitter'dagi sahifasida yozib qoldirgan. 

Manbaga ko‘ra, 73 yoshli Gollivud aktyori Los-Anjelesdagi emlash stansiyasiga aylantirilgan "Dojers" stadionida vaksina qabul qilgan. 

"Men hech qachon navbatda turganimdan bunchalik xursand bo‘lmaganman. Agar iloji bo‘lsa, siz ham menga qo‘shiling va emlashni rejalashtiring. Yashashni istasang, men bilan yur!" deya u o‘zining "Terminator" filmidagi mashhur iborasini keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning oktyabr oyida Shvarsenegger yuragi uchun navbatdagi operatsiyasini o‘tkazgandi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Shvartsenegger

Baholaganlar

39

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing