Arnold Shvarseneggerning yuragi operatsiya qilindi

Madaniyat-san’at

image
Amerikalik aktyor va Kaliforniyaning sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger yuragi uchun navbatdagi operatsiyani o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qilgan.
 
Shvarseneggerning ma’lum qilishicha, Klivlend klinikasi shifokorlari unga yangi aorta qopqog‘ini o‘rnatishgan.
 
"Men o‘zimni ajoyib his qilyabman. Allaqachon, Klivlend ko‘chalari bo‘ylab sayr qilib yuribman", deb yozgan Shvarsenegger. 
 
Shuningdek, u klinikaning shifokorlari va hamshiralariga minnatdorlik bildirgan.
 
Ma’lumot uchun, Shvarsenegger 2018 yilning mart oyida, oltinchi yurak operatsiyasi jarayonida bir o‘limdan qolgan.
 

Maqola muallifi

Teglar

Shvartsenegger

Baholaganlar

290

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing