O‘n yil davom etgan sud: Shvarsenegger rafiqasi bilan rasman ajrashdi
Madaniyat-san’at
−
29 dekabr 2021
12756Amerikalik aktyor va siyosatchi Arnold Shvarsenegger o‘n yillik sud jarayonlaridan so‘ng rafiqasi Mariya Shrayver bilan rasman ajrashdi. Bu haqda TMZ manbalarga tayanib xabar bergan.
Juftlik 2011 yilda OAVda Shvarseneggerning uy xizmatchisidan o‘g‘il ko‘rgani haqida xabar paydo bo‘lganidan so‘ng ajrashishini e’lon qilgan. Oradan o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, er-xotin rasmiy ajralishga erisha oldi.
Portal bunday uzoq davom etgan sud jarayonini “motivatsiya yo‘qligi” va mulkni taqsimlash bo‘yicha nizolarni hal qilishdagi qiyinchilik bilan izohlagan. Manbalarga ko‘ra, sud jarayoni taxminan 400 million dollarni tashkil etgan va buning natijasida mulk deyarli ikki baravar qisqargan.
Ma’lumot o‘rnida, juftlik 1986 yilda turmush qurgan edi, ularning to‘rt farzandi bor.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Shvarsenegger Los-Anjeles ko‘chalarida yashab kelgan faxriylarni uy bilan ta’minlash uchun 250 ming dollar xayriya qilgandi.