Yarim yilda 6 nafar maktab o‘quvchisi homilador bo‘lib qolgan – vazirlik
Jamiyat
−
31 iyul 2023
830372023 yilning dastlabki 6 oyi davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6 nafar o‘quvchi qizlarida erta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haqda bugun, 31 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida vazirlik mas’uli QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
“2023 yilning ilk 6 oyida 6 nafar maktab o‘quvchisida erta tug‘uruq aniqlandi. Holatlarning 2 tasi Qashqadaryoda kuzatilgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryoda 1 tadan qayd etilgan. Umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida erta homiladorlik va erta tug‘uruq holatlarining oldini olish bo‘yicha hamkor tashkilotlar: Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, joylardagi mahalla faollari hamda maktab psixologlari, sinf rahbarlari, maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan yaqin hamkorlikda ishlar olib borilmoqda”, dedi Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Azamat Kamolov.
Uning aytishicha, bunday holatlarning aksariyati yozgi ta’til yoki o‘qishdan tashqari paytlarda sodir bo‘lgan. Shu sababli ota-onalar nazoratni kuchliroq amalga oshirishi kerak.
“Lekin bu maktab mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, degani emas. Hozirgi paytda o‘quvchi qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, sog‘liqni saqlash xodimlari bilan bu kabi holatlarning oqibatlarini tushuntirish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda”, dedi Azamat Kamolov.
LiveBarchasi